
Ronaldu zamonaviy futbolning eng zo‘r uch futbolchisi nomini aytdi
Portugaliya terma jamoasi va “An-Nasr” klubi to‘purari Krishtianu Ronaldu zamonaviy futboldagi eng kuchli uch futbolchi nomini aytdi.
- Eng zo‘r uch nafar futbolchi ro‘yxatiga o‘zimni, Lionel Messini va Zinedin Zidanni kiritgan bo‘lardim, - dedi Krishtianu Ronaldu Give me Sport nashriga.
Ronaldu professional faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Yuventus”, “An-Nasr” klublarida to‘p tepgan. 40 yoshli futbolchi hozirgacha raqiblari darvozasini 931 marotaba ishg‘ol qilib, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan rekordchi hisoblanadi.
Lionel Messi esa, “Barselona”, “Pari Sen-Jermen”da o‘ynab, ayni paytda ummonortida “Inter Mayami” sharafini himoya qilmoqda. Messi sakkiz bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritib, bu borada mutlaq rekord o‘rnatgan.
O‘z davrida “Kann”, “Bordo”, “Yuventus” va “Real”da porlagan Zinedin Zidan 2006 yili professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Fikrlar