Ronaldu: "Ular Portugaliya kelajagi"

  • 3 sentabr, 2024, 20:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga yangi kelgan futbolchilarga yordam berish istagini bildirdi. Hujumchi "Sporting"dan 17 yoshli hujumchi Jovanni Kendaning terma jamoadan chaqiruv olganiga izoh berib shunday dedi:

Tecno

"Yangi o‘yinchilarning kelishi men uchun oddiy holat. Terma jamoada bo‘lgan davrim davomida yangi futbolchilar doimo yaxshi kutib olindi. Mening vazifam yangi kelganlarga yordam berishdir.

Menimcha yoshlik va tajriba kombinatsiyasi jamoaning buguni va kelajagi uchun juda muhim. Murabbiyning bu qarorini olqishlayman.

Ularning ko‘plari men bilan gaplashishdan uyaladi. Men Kenda bilan oldinroq uchrashdim va keyin unga yaqinlashib, so‘radim: "O‘yinga tayyormisan?" Qarasam, u xijolat bo‘lib qoldi" , - dedi portugaliyalik hujumchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!