
Ronaldu to‘ymaydi, jonga tegdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Menimcha, uning mentaliteti uni buyuk futbolchiga aylantirdi. U 35 yoshda lekin 15 yildan beri yuqori saviyada o‘ynayapti. U doimo ko‘prog‘ini istaydi. Ronaldu Chempionlar ligasi kuboklarini, Portugaliya terma jamoasi bilan sovrinlarni, shaxsiy uvonlarni ko‘proq qo‘lga kiritishni va albatta, ko‘proq gol urishni xohlaydi. Xatto, mashg‘ulotlarda ham eng muhim gollarni urishi jonga tegadi. Bu uni maydonda eng muhim o‘yinchiga aylantiradigan xususiyat, - deydi Bernardu Silva.
Hozir “Yuventus” tarkibida porlayotgan Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida Portugaliya, Angliya, Ispaniya chempionatlarida ham nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ygan.
Fikrlar