Ronaldu tezlikni oshirdi, Messi esa...

  • 9 dekabr, 2020, 13:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng futbol muxlislari yana Lionel Messi va Krishtianu  Ronaldu duelining guvohi bo‘ldi. Bu gal ustunlik portugaliyalik to‘purar tomonida bo‘ldi.

Tecno

Chempionlar ligasi guruh bahslarining so‘nggi turini Kataloniyada o‘tkazgan “Yuventus” mezbonlarni 3:0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yinda ikkita gol urgan Krishtianu Ronaldu ushbu musobaqada o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘purarlik rekordini yana yangiladi. Messi ettita aniq zarba bergan bo‘lsa-da, darvozani ishg‘ol qilolmadi. 

Ronaldu Chempionlar ligasidagi jami gollari sonini 134 taga etkazib oldi. Messi esa 118 ta gol bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:

  1. Krishtianu Ronaldu – 134
  2. Lionel Messi – 118
  3. Robert Levandovski – 71
  4. Raul –71
  5. Karim Benzema – 67
  6. Rud van Nistelroy – 56
  7. Terri Anri – 50
  8. Andrey Shevchenko – 48
  9. Zlatan Ibrohimovich –48
  10. Tomas Myuller – 47.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Benazir mix
09/12/2020 14:12
Qirol o'z o'rnida
Benazir mix
09/12/2020 14:12
Hjhuu