Ronaldu: "Sovrin yutishni sog‘indim"

  • 7 iyun, 16:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi finali oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. 40 yoshli hujumchi Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan sovrin yutishni sog‘inganini ta’kidladi.

Tecno

"Men sovrinlarni sog‘indim, lekin bu hayotning bir qismi – sen har doim yuta olmaysan. Bu futbol – ba’zi mavsumlarda ko‘p narsani yutishing mumkin, lekin ba’zida hech narsa yuta olmaysan. Bu futbolning bir qismi, chunki doim g‘alaba qozonib bo‘lmaydi.

Biroq mavsumdagi so‘nggi imkoniyat hali oldinda – bu ertaga bo‘ladi. Ishonamanki, hammasi yaxshi o‘tadi va Portugaliya kubok bilan ketadi. Biroq, o‘yin og‘ir bo‘ladi", – dedi Portugaliya terma jamoasi etakchisi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etgandan beri sovrin yuta olmadi. Uning oxirgi tituli 2021 yildagi Italiya kubogi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!