Ronaldu: Shu ish yuz bermagunicha Saudiyadan ketmayman!

  • 30 dekabr, 2024, 17:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning klub bilan shartnomasi yarim yildan keyin yakunlanadi.

Tecno

Marca nashrining yozishicha, Ronaldu Saudiya Arabistonidan ketishga shoshilmayapti. 39 yoshli to‘purar bu mamlakat chempionligiga erishmagunicha, shu erda to‘p tepishga qaror qildi.

Krishtianu legionerga aylanganidan beri o‘zi o‘ynagan ligalarida chempionlik nashidasini surgan. Mohir to‘purar “Manchester Yunayted”da Angliya, “Real”da Ispaniya va “Yuventus”da Italiya chempioni bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan chiqisha olmay qolganidan keyin Evropani tark etgandi. U 2023 yildan beri “An-nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!