
Ronaldu Peleni taxtdan ag‘dardi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 27-turida “Kalyari” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, rasmiy uchrashuvlardagi gollari sonini 770 taga etkazdi va bu borada etakchi bo‘lgan Pelening rekordini yo‘qqa chiqardi.
Braziliyalik futbol qirolining rasmiy o‘yinlardagi gollari soni 767 tani tashkil qilgan va bu rekord uzoq yillar davomida saqlanib turgan edi.
Krishtianu Ronaldu xet-trikka erishganidan so‘ng, Pelega murojaat qildi.
Professional faoliyatim davomidagi rasmiy uchrashuvlarda urgan gollarim sonini 770 taga etkazganimdan keyin aytayotgan so‘zlarim birinchi navbatda Pelega qaratilgan. Dunyoda uning o‘yinchilari, natijalari haqida eshitmagan futbolchi yo‘q. Men ham shular qatoridaman. Men Pelening rekordini yangilab, dunyoning eng yaxshi to‘purari bo‘la olganimdan mamnunman. O‘zim o‘sib-ulg‘aygan Modeyrada brgan kezlarim buni orzu ham qila olmasdim.
Menining futbol olamidagi sayyohatimda yonimda bo‘lgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Eng avvalo, oilam va yaqin do‘stlarimga, dunyoning barcha burchaklaridagi muxlislarim, jamoadoshlarim va raqiblarimga ham rahmat. Ishoning, men sizlarsiz hech narsaga erisha olmasdim.
Men keyingi uchrashuv va yangi sinovlarni kutyapman. Oldinda boshqa rekordlari va sovrinlar bor. Tarixni yakunlashimga hali ancha vaqt bor. “Yuventus” va Portugaliya bilan ko‘p narsa yutishim kerak, - dedi Krishtianu Ronaldu.
Fikrlar