Ronaldu MYu yutgan liga kubogi medalini olishi mumkin. Ammo...

  • 27 fevral, 2023, 18:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumni “Manchester Yunayted” safida boshlagan Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya liga kubogida oltin medal olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.

Tecno

Qizig‘i, u "qizil iblislar" safida bu musobaqaning birorta o‘yinida maydonga tushmagan. Angliya Liga kubogi reglamentiga ko‘ra, g‘olib jamoa 30 ta medal oladi, bu medallar klub futbolchilariga topshirilishi mumkin.

"Manchester Yunayted" turnir davomida 27 nafar futbolchidan foydalangan, o‘tgan yilning noyabr oyida klubni tark etgan Ronaldu esa ular orasida yo‘q edi. Qolgan uchta medal taqdirini Manchester klubining o‘zi hal qiladi.

Shunday qilib, Ronaldu turnirda g‘alaba qozongani uchun medal olishi mumkin, ammo kubok egasi hisoblanmaydi, chunki u kubok uchrashuvlarida maydonga tushmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!