
Ronaldu MYu rahbariyati qaroridan nihoyatda norozi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" rahbariyatidan norozi bo‘lmoqda.
"Daily Mail"xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" 37 yoshli futbolchining maoshini kamaytirishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, portugaliyalikning maoshi 25 foizga kamaytirilgan. Bu qarorga jamoaning o‘tgan mavsum yakunlari bo‘yicha Chempionlar ligasiga chiqa olmagani sabab bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, MYu Angliya Premer ligasini oltinchi o‘rinda yakunladi va Evropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Manbaning xabar berishicha, Ronaldu klub qaroridan nihoyatda norozi. U 2021/2022 yilgi mavsumda qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, deb hisoblaydi.
2021/2022-yilgi Premer liga mavsumida Krishtianu Ronaldu 30 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan edi.
Fikrlar