
Ronaldu: "Men o‘sha odamman va doim professionalman"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu instagram sahifasiga post joyladi:
- Faoliyatim davomida har doim hamkasblarim hamda murabbiylarimga hurmat saqlab kelganman. Bu holat o‘zgarmadi. Men o‘zgarmaganman. So‘nggi 20 yil davomida yuqori darajada futbol o‘ynagan o‘sha odamman va doim professionalman. Hurmat qaror qabul qilishda juda ham muhim rol o‘ynaydi.
- Men juda erta kareramni boshladim. Tajribali futbolchilardan o‘rnak olish men uchun muhim sanalgan. Shu bois, o‘zim to‘p tepgan barcha jamoalarda yoshlarga namuna bo‘lishga harakat qilganman. Afsuski, bu jarayon doim ham bo‘lavermaydi.
- Hozir Karringtonda ishlashda davom etishim, jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlashim va har qanday holatda hamma narsaga tayyor turishim lozim. Emotsiyaga berilish yaxshi emas. Bu "Manchester Yunayted" va biz doimo ahil bo‘lishimiz kerak. Tez orada yana birga bo‘lamiz.
Qayd etish lozim, "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda maydonni o‘yin tugamasdanoq tark etgan Ronaldu jazo tariqasida "Chelsi"ga qarshi bellashuv qaydnomasidan joy olmadi.
Fikrlar