
Ronaldu “Manchester Yunayted”ga murojaat qildi
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu sobiq klubi “Manchester Yunayted” bosh murabbiylikka portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimni tayinlaganidan keyin bunga o‘z manosabatini bildirdi.
- “Manchester Yunayted” va Ruben Amorimga dunyodagi eng yaxshi tilaklarimni yo‘llayman, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga.
Ma’lumki, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning natijalaridan qoniqish qilmagan holda avvalgi bosh murabbiy Erik ten Xagni iste’foga chiqargan edi.
Niderlandiyalik mutaxassis jamoani qabul qilib olganida Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgandi. Biroq tajribali futbolchi va niderlandiyalik murabbiy o‘rtasida turli ziddiyatlar paydo bo‘ldi.
Buning oqibatida Krishtianu Ronaldu matbuot orqali klub rahbariyatining ishi va Erik ten Xagni ochiqchasiga tanqid qildi. Intervyudan keyin portugaliyalik yulduz klubni tark etishiga to‘g‘ri keldi.
Fikrlar