
Ronaldu katta transferni hal qilib berdi
“An-Nasr” rahbariyati “Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne kelasi yozda jamoa safiga qo‘shilishiga ishonch bildirmoqda. Saudiya Arabistoni klubi belgiyalik futbolchiga Krishtianu Ronaldu tavsiya qilgan maosh ko‘rsatilgan shartnoma beradigan bo‘ldi.
TEAMtalk nashrining yozishicha, portaguliyalik yulduz klub xo‘jayinlaridan Kevin de Bryuynega haftasiga bir million funt miqdorida maosh to‘lashni taklif qilgan.
“An-Nasr” bunga rozilik berdi va ular AQSh klublari tomonidan jiddiy qiziqishlar bo‘layotganiga qaramay, 33 yoshli o‘yinchini Saudiya Arabistoniga kelishiga amin ekanliklarini ta’kidlashmoqda.
Fikrlar