Ronaldu faoliyatini qachon tugatishini aytdi

  • 16 noyabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatini qachon tugatishi haqidagi savollarga javob qaytardi.

Tecno

- Men futboldan bahra olishni istayman. Tez orada qirqni qoralayman. Men haqiqatan mazza qilib futbol o‘ynamoqchiman.

Men to‘p tepishga ishtiyoqim borligini his qilar ekanman, futbol o‘ynashda davom etaveraman. Ishtiyoq so‘nganini his qilgan kunim faoliyatimni nuqta qo‘yaman,  - dedi Krishtianu Ronaldu.

39 yoshli to‘purar jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Ronaldu hisobida 910 ta gol bor.

Bundan tashqari Ronaldu halqaro miqyosdagi o‘yinlar va gollar soni bo‘yicha ham yaqqol etakchi. U 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida 215 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 135 marotaba ishg‘ol qilgan.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!