Ronaldu “dahshatli” rekordni yangiladi va bunga zo‘r izoh berdi

  • 13 aprel, 10:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliya terma jamoasi va “An-nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida yana o‘zini ko‘rsatdi.

“An-Nasr” futbolchilari 27-turda “Ar-Riyod” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. 40 yoshli portugaliyalik yulduz ikkita aniq zarba bilan jamoasiga irodali g‘alaba keltirdi.

Kiritilgan to‘plar Ronalduning professional faoliyatidagi 932 va 933-gollar bo‘lib, yangi rekord sifatida qayd etildi. Jahon futbolida biror futbolchi rasmiy uchrashuvlarda Krishtianuchalik ko‘p gol urmagan.

Ronaldu gollaridan 797 tasini klublar miqyosidagi musobaqalarda, 136 tasini Portugaliya terma jamoasi safida xalqaro uchrashuvlarda kiritgan.

Mashhur to‘purar “An-Nasr” bilan amaldagi shartnomasini yana ikki yilga uzaytirayotganini inobatga olsak, u gol urish bo‘yicha minglik dovonni zabt etishi mumkinligi oydinlashadi. Qolaversa, uning har bir kiritgan to‘pi “dahshatli” rekordini yangilayveradi.

Navbatdagi goldan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida “Biz bu ishni mana shunday uddalaymiz!”, deb izoh qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Abdullayev
13/04/2025 10:59
Легенда
&
Давлат
14/04/2025 10:59
Там берамиз. Хакикатда легенда.