Ronaldu boshqa yulduzning “Yuve”dan ketishiga sababchi bo‘lyapti

  • 5 mart, 2021, 09:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz Turin superklubiga ham ta’sir o‘tkaza boshladi. “Yuventus” rahbariyati xizmati qimmat baholanadigan Krishtianu Ronaldu va Matteys de Ligtdan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Ronaldu Turinda o‘zini yaxshi his qilmoqda.. Amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan 36 yoshli futbolchi hamkorlikni yana bir yilga uzaytirmoqchi. Biroq, turinliklar bunga shoshayotgani yo‘q. Agar klub Ronalduni tezroq sotib yubormasa, uning transfer summasi yanada pasayib ketadi. Krishtianuning o‘zi esa, katta maosh oladi.

Shu bois, klub xo‘jayinlari Ronalduni jamoada ushlab turish iqtisodiy tomondan manfaatli emas, degan fikrni ilgari surmoqda. Qolaversa, portugaliyalik to‘purarni ushlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun turinliklar iste’dodli himoyachi Matteys de Ligtni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Agar tez orada klubning moliyaviy ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmasa, ular ikki futbolchidan biriga javob berib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!