Ronaldu boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda

  • 16 fevral, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning Evropa futbolini tark etib, yil boshida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga ko‘chib o‘tgani hamon keng muhokama qilinmoqda.

Tecno

Sportskeeda nashrining ma’lum qilishicha, portugaliyalik yulduz kelajakda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Saudiyaning yana bir klubi “Al-Hilol” 38 yoshli to‘purarn o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

“Al-Hilol” Ronaldu Osiyo futboliga ko‘chib o‘tganidan keyin Lionel Messiga taklif bilan chiqqandi. Ular argentinalik jahon chempioniga yiliga 300 million evrogacha maosh va’da qilgan.

Ronaldu “An-Nasr” bilan ikki yarim yillik bitim tuzgan. Kelishuvga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi 200 million evro atrofida belgilagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!