Ronaldu: Bizga "Barselona" ustidan qozonilgan g‘alaba kerak edi

  • 9 dekabr, 2020, 22:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi bahs (0:3) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"Bu vazifa deyarli imkonsiz tuyulgandi. Start juda muhim ahamiyat kasb etardi. 20 daqiqa ichida 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olganimizdan so‘ng, biz buni uddalay olishimizga ishondik. Bu g‘alaba bizning o‘zimizga bo‘lgan ishonchimizni mustahkamlaydi.

Bizga "Barselona" kabi kuchli jamoa ustidan qozonilgan g‘alaba kerak edi. "Kamp Nou"da 3 ta gol urish, guruh bosqichini g‘olib sifatida yakunlashga loyiqligingni bildiradi",-deya portugaliyalik yulduz so‘zlarini "Football Italia" nashri keltirmoqda.

Turinliklar "Barselona" ustidan safarda qozonilgan g‘alaba evaziga "G" guruhini 1-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!