Ronaldu “An-Nasr”ga zo‘r futbolchi tanlab berdi

  • 22 yanvar, 2024, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Saudiya Arabistoni futboliga moslashib olgan Krishtianu Ronaldu o‘zi o‘ynayotgan “An-Nasr” rahbariyatiga braziliyalik yarim himoyachi Kazemironi sotib olishni maslahat berdi.

Klub rahbariyati portugaliyalik yulduz  tavsiyasiga amal qiladigan bo‘ldi va Kazemiro transferiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ronaldu 31 yoshli tayanch yarim himoyachining imkoniyatlarini yaxshi biladi. Bu ikki futbolchi avval “Real”da, keyin esa “Manchester Yunayted”da birga o‘ynagan.

Manchesterliklar Kazemiro transferidan u qadar rozi emas. Ular katta maosh olayotgan futbolchi bilan xayrlashishni istapyati.

“Yunayted” bilan 2026 yilning yoziga davom etadigan shartnoma tuzgan braziliyalik futbolchi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

“An-Nasr” mutasaddilari Kazemironi olib kelish uchun boshqa legioner – Evropaga qaytishni istayotgan Seko Fofanani qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!