
Ronaldu "Al-Hilol" muxlislariga: "Bu erda Messi emas, men borman!"
Kecha Riyod kubogi doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Hilol" - "An-Nasr" o‘yinida Jesus shogirdlari 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Savich hisobni ochgan bo‘lsa, Al-Dovsari oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Bellashuv mobaynida "Al-Hilol" muxlislari Ronalduning asabiga tegishni eplay oldi. Ular stadionda Krishtianuga qarata "Messi, Messi", deya baqirishdi. Yaqinda 39 yoshga to‘lgan hujumchi esa bunga o‘z munosabatini bildirdi.
"Bu erda Messi emas, men borman!", - dedi portugaliyalik yulduz qo‘li bilan eshitmayotganini ko‘rsatib.
Fikrlar