
Ronaldo ertangi finalda qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi (FOTO)
Braziliyalik mashhur futbolchi Ronaldo ertaga "Tottenxem" va "Liverpul" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalida kimning qo‘li baland kelishi borasida taxmin qildi.
UEFA rasmiy tvitterida e’lon qilingan suratga ko‘ra ikki karra “Oltin to‘p” sohibi mersisaydliklarning 1:3 hisobidagi g‘alabasini taxmin qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yurgen Klopp shogirdlari finalga qadar "Bavariya", "Portu" va "Barselona" kabi jamoalarni musobaqadan chiqarib yubordi. Maurisio Pochettino jamoasidan esa "Borussiya" Dortmund, "Manchester Siti" va "Ayaks" klublari jabr ko‘rishdi.
Ma’lumot uchun, “Tottenxem” va “Liverpul” jamoalari bahsi ertaga Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.
Fikrlar