Ronaldo: "Braziliya terma jamoasi Neymar va Vinisiusning fazilatlariga tayanishi kerak"

  • 15 fevral, 17:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" va "Barselona"ning sobiq hujumchisi hisoblangan Ronaldo Nazario Vinisius Junior, Neymar va Braziliya terma jamoasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi
 
"Vinisius "Real Madrid"da aql bovar qilmaydigan o‘yinchi, ammo u terma jamoada o‘sha saviyani ko‘rsata olmayapti. Neymar va Vinisiusga maksimal samaradorlikni ko‘rsatish uchun terma jamoada ko‘proq erkinlik berish kerak. 
 
Neymar - jamoaning tayanchi. Vinisius ham asosiy futbolchi hisoblanadi. Bizda ikkita ajoyib hujumchilar bor. Biz bundan boshlashimiz va jamoaning ular uchun o‘ynash yo‘lini topishimiz kerak. 

Shu bilan birga, Neymar yoshlarni ilhomlantiradigan, maydonda o‘ziga xoslik ko‘rsatadigan, tavakkal qiladigan, harakat qiladigan, qiyin o‘yin va gollardan qo‘rqmaydigan figura. Umid qilamanki, u yaxshi formada qaytadi, chunki u yaxshi bo‘lsa, jamoa to‘g‘ri yo‘lni topadi. 
 
Vinisiusga kelsak , u "qirollik klubi"da qilayotgan ishi "aql bovar qilmaydigan narsa" ekanligini ta’kidlashimiz kerak. Uning terma jamoadagi samaradorligiga asosiy sababchi bosh murabbiy Dorival Juniordir. Sababi, u eng yaxshi tizim va eng yaxshi futbolchilarni topishga mas’uldir"- dedi braziliyalik sobiq forvard.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!