Romano: Mbappe yozda PSJni tark etishga qaror qildi

  • 15 fevral, 2024, 21:49
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ancha yillardan beri davom etib kelayotgan Mbappening "Real"ga o‘tishi borasidagi ertak o‘z yakuniga etish arafasida. 

Tecno

Bir necha oy oldin insayder Fabritsio Romano hujumchini hali so‘nggi qarorni qabul qilmaganini aytib o‘tgandi. Shuningdek, jurnalist Mbappe kelajagini hal qilib bo‘lganidan keyin birinchi bo‘lib o‘z rejalarini rahbariyatga bildirishini ta’kidlagandi. 

Romano Kilian Al-Helayfiga yozda jamoani tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda. U shartnomasini uzaytirmaydi va erkin agentga aylanadi. 

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi 2021 yilda Madridga yo‘l olishga yaqin turganida PSJ bilan 2+1 shaklida bitim tuzgandi. Bu safar u "Real"ga o‘tishga har qachongidan ham yaqinroq. 

Mbappe on PSG contract renewal: 'I always said that Paris is my home' - The  Athletic

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!