
Romano: "Barselona" yarim himoyachisi jamoani tark etadi
"Barselona" yozda o‘z tarkibiga bitta yarim himoyachi qo‘shib oishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, klubni bir futbolchi tark etmoqda. Bu o‘tgan yozda jamoa safiga kelib qo‘shilgan Oriol Romeu.
Fabritsio Romano xabar berishicha, yarim himoyachi jamoadan ketmoqda. Uning keyingi manzili "Jirona"dir. Romeuni Kataloniya klubi ijaraga olmoqda.
Ta’kidlash kerak, Oriol aynan "Jirona"dan kelib qo‘shilgan. U qishda ham sobiq jamoasiga o‘tishga harakat qildi, lekin rahbariyat bunga yo‘l qo‘ymagandi.
Yakuniga etgan mavsum Romeu "Barselona" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golda ishtirok etdi.
Fikrlar