
"Roma"ning sobiq ustozi La Ligada ish boshlashi mumkin
O‘tgan oy “Roma”dan iste’foga chiqarilgan Eusebio Di Franchesko faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 49 yoshli italiyalik mutaxassisga "Sevilya"dan qiziqishlar bo‘lmoqda. Andalusiyaliklar rahbariyati uni jamoa bosh murabbiyi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rishmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Sevilya”ga Di Franchesko nomzodini u bilan “Roma”ning sobiq sport direktori Ramon Monchi tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Sevilya” yaqindagina Pablo Machinni iste’foga chiqarib, o‘rniga Xoakin Kaparrosni tayinlagan edi.
Fikrlar