Roman Smiryagin: "Humo"da o‘ynash yoqadi

  • 6 noyabr, 2019, 23:09
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Toshkent devori" degan nom qozongan "Humo" jamoasi darvozaboni Roman Smiryagin klub rasmiy sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi.

Tecno

101571852188

"Men uchun xokkey bu shunchaki o‘yin emas. Aksincha, hayotimning katta qismini bag‘ishlagan sevimli mashg‘ulotim. Xokkeysiz hayotimni tasavvur qilish juda ham qiyin. Agar u bo‘lmaganida, o‘zimni biznesga bag‘ishlagan bo‘lar edim.

G‘alaba bu doimo - xis-tuyg‘ular, quvonch va eyforiya bo‘ronidir. Ayniqsa, darvozang daxlsizligini saqlab qolganingda.

O‘tkazib yuborilgan shaybadan so‘ng, salbiy hissiyotlarga berilish kerak emas. Aksincha, hisobga e’tibor bermasdan, tezda o‘zingni qo‘lga olib, o‘ynashda davom etish zarur.

Xokkeyda darvozabonning roli juda muhim, lekin hal qiluvchi emas. Xokkey bu - jamoaviy o‘yin va barchadan ma’suliyat bilan yondashishni talab qiladi.

Muxlislarning e’tibori va qo‘llab-quvvatlashi har doim yoqimli. Men o‘zimni toshkentlik tomoshabinlarning sevimlisi bo‘la oldim deb hisoblamayman,agar shunday bo‘lsa, men juda ham xursand bo‘lar edim.

5671568441073

Menga "Humo" da o‘ynash yoqadi. Klub yangi, jamoaga qobiliyatlilar yig‘ilgan, zamonaviy arena va qulay sharoitlarga ega.

Sport bilan shaxsiy hayotni birlashtirsa bo‘ladi. Asosiysi xohish. Ular bir-biriga xalaqit bermaydi, aksincha to‘ldiradi.

Mening o‘yin raqamim hayotda ham o‘zim bilan birga. Xokkeyda ham futbolda bo‘lgani kabi, darvozabonning "maydonga" chiqish tendentsiyasi mavjud, lekin siz yangi qoidalar bilan harakatlanmaysiz. Aks xolda chetlatish ishlab olishingiz mumkin.

Toshkent quyoshli, ajoyib shahar. Biroq bemalol aylanishning hali imkoni bo‘lgani yo‘q, deyarli hamma vaqt mashg‘ulotlar va o‘yinlar bilan bandmiz.

Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari uchun rahmat! Albatta, tribunalarning to‘la bo‘lishini xohlaymiz, lekin Toshkentda xokkey qayta tug‘ilmoqda. Shunlay ekan, barchani uy uchrashuvlarida kutib qolamiz", - dedi Smiryagin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!