
"Roma" Veynaldum bilan kelishuvga erishdi
PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldum "Roma" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi ijara asosida rimliklar tarkibida to‘p tepadi. U kelasi mavsum yana parijliklar tarkibiga qaytishi mumkin bo‘ladi.
Hozirda jamoalar moliyaviy tomonlama kelishishi qoldi. Bu transferdan so‘ng PSJ Renatu Sanchesni qo‘lga kiritishni mo‘ljallamoqda.
Fikrlar