
"Roma" safarda autsayder darvozasiga 3 ta gol urdi (video)
Italiya A Seriyasining 16-turida “Roma” safarda “Krotone”ga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 1:3 hisobida rimliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “bo‘rilar” safida gollarni Borxa Mayoral (8', 29') va Genrix Mxitaryan (35') kiritdi. Mehmonlarning yagona javob goliga Vladimir Golemich (71') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar