
“Roma” o‘yinchisiga jiddiy xaridor chiqdi!
“Roma” markaziy himoyachisi Marash Kumbulla ishonchli o‘yinlari bilan Joze Mourino e’tiborini qozonda va asosiy tarkibga qaytirildi.
Albaniyalik yosh futbolchining natijalari “Inter”ni ham befarq qoldirmadi. Milan klubi skautlari bu himoyachini jiddiy kuzatmoqda.
“Inter” yozgi transferlar mavsumida yaxshi taklif bo‘lsa, tajribali himoyachisi Stefan de Vreyni sotib yuborishi mumkin. Agar bu ish amalga oshsa, milanliklar “Roma”dan Marash Kumbullani transfer qilishni rejalashtirmoqda.
22 yoshli Kubulla A Seriyada o‘zi o‘ynagan 17 ta uchrashuvdan 13 tasini boshlang‘ich tarkibda boshlagan.
Fikrlar