“Roma”: Mourino va Allegrining 9-duelida Shomurodov asosiy qurol bo‘ladi

  • 16 oktabr, 2021, 19:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ixlosmandlarining Eldor Shomurodov va “Roma”ga muxlislik qilayotganini inobatga olib, Rim klubiga oid yangilik, xabar va qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etadi.

Tecno

Shomurodov o‘zini olmagan “Yuventus”ni gol bilan jazolashi kerak!

17 oktyabr kuni “Roma” sakkizinchi turning markaziy uchrashuvida “Yuventus” mehmoni bo‘ladi. Muhim bahs oldidan “Roma”ning eng katta muammosi Temmi Abraxamning jarohati bo‘lib turibdi. Angliya terma jamoasidan shikastlanib qaytgan hujumchining Turindagi bahsda qatnashishi hamon so‘roq ostida.

“Roma” tibbiyot xodimlari ayni paytda angliyalik forvardni tezroq oyoqqa qo‘yish bo‘yicha ish olib boryapti. Temmi fizioterapiya va lazer muolajalarini olyapti. Biroq, u hali jarohatdan to‘liq qutilgani yo‘q. Qutilgan taqdirda ham jamoaning umumiy mashg‘ulotlarida qatnashmagani uni “Yuventus”ga qarshi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushishini mavhumligicha qoldirmoqda.

a7b8e877cf6f628b439ee5a017160efd

Xorij matbuotining yozishicha, Joze Mourino Turindagi uchrashuvda Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda o‘ynatishi kutilmoqda.

Xususan, Italiya futbolini keng yoritayotgan www.calciomercato.com sayti bu masalaga alohida to‘xtalib, “Yuventus” ham o‘zbek hujumchisiga xaridor bo‘lgani va Eldorning o‘zi ham kelajakda bu klubda o‘ynashga qarshi emasligiga e’tibor qaratdi.

- Eldor bir paytlar “Yuventus”ga o‘tishni orzu qilgan, endi esa ularni gol bilan jazolashi kerak. Temmi Abraxam to‘pig‘idagi jarohat tufayli o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin. Bu holatda Shomurodov boshlang‘ich tarkibda to‘p tepadi. O‘zbek hujumchisi ligada hali gol urgani yo‘q. Lekin o‘yinlari yaxshi chiqyapti.

Shomurodov “Roma”da o‘tishga darrov rozi bo‘lganini aytgan. Biroq, undan oldin u “Yuventus”ga o‘tishni o‘ylayotgan edi. Eldor Turin klubida o‘ynash oldinga tashlangan qadam bo‘lishini tan olgandi. Turinliklar harakatga kelgunicha, “Roma” masalani tez hal qildi va ularni dog‘da qoldirdi. Shomurodov Rim klubida Borxa Mayoralni raqobatdan siqib chiqardi va markaziy hujumdan o‘ziga joy ochdi, - deb yozmoqda www.calciomercato.com.

Mourino bu gal ham zo‘rligini ko‘rsata oladimi?

Yana bir e’tiborga molik masala – Turindagi to‘qnashuv ikki bosh murabbiy – Massimiliano Allegri va Joze Mourino uchun to‘qqizinchi duel bo‘ladi. Ular turli jamoalarni boshqargan davrda A Seriya va Evropa Chempionlar ligasi doirasida o‘zaro sakkiz marotaba to‘qnash kelgan.

Buni qarangki, o‘zaro raqobatda katta ustunlik portugaliyalik mutaxassis tomonida. U o‘zaro uchrashuvlarda italiyalik hamkasbini to‘rt marta dog‘da qoldirgan. Yana ikkita bahsda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, bir juft o‘yinda Allegri shogirdlari muvaffaqiyatga erishgan.

Sakkizta uchrashuvda Joze Mourino “Inter”, “Real” va “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida ishtirok etgan. Allegri esa unga qarshi “Kalgari”, “Milan” va “Yuventus” futbolchilarini tayyorlagan.

Joriy mavsumda “Roma” kuchli to‘rtlikdan o‘rin olish uchun harakat qilmoqda. Rimliklar UEFA Chempionlar ligasida muntazam ishtirok etadigan jamoa qurmoqda. Bundan tashqari, Joze Mourino Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish vazifasini olgan. “Bo‘rilar” yana bir sovrin – Italiya kubogi uchun ham harakat qiladi.

Massimiliano Allegri ham A Seriyadagi gegemonligini boy bergan “Yuventus”ni yangilash uchun olib kelindi. Mashhur murabbiy tarkibni yashartirishi, A Seriya va Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kirita oladigan jamoa tuzishi talab etiladi.

a6874ac50b9bd74481471238eb67571c-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

“Yuventus” – “ Roma” uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

Mourino “Yuventus”ga qarshi o‘yinda Shomurodovga suyanishiga to‘g‘ri keladi, chunki...

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

“Roma” Evropa Chempionlar ligasida... Shomurodovning orzusi ushaladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
16/10/2021 21:27
Элдордан ажойб ўйин, гол ва Ромадан ғалаба кутмоқдамиз. Омад тилаб қоламиз Элдор ва Ромага.
&
Бухорий Шариф
16/10/2021 21:27
Элдордан ажойб ўйин, гол ва Ромадан ғалаба кутмоқдамиз. Омад тилаб қоламиз Элдор ва Ромага.