
“Roma” Mourino o‘rniga zo‘r murabbiy topib qo‘ydi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yozda jamoani tark etishi mumkinligi haqida juda ko‘p xabar tarqala boshladi.
Portugaliyalik mutaxassis xizmatlariga PSJ rahbariyati jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbalarning ta’kidlashicha, Mourino dunyoning eng boy klublaridan birida ishlashga qarshi emas.
Rim klubi xo‘jayinlari esa, portugaliyalik mutaxassis o‘rniga jamoani muvaffaqiyatli boshqara oladigan murabbiy topib qo‘ydi.
Calciomercato nashrining yozishicha, “Roma” bosh murabbiylikka Antonio Konteni olib kelmoqchi. Italiyalik mutaxassism yaqinda “Tottenxem”dan iste’foga chiqarilgan edi. Konte ham ayni paytda o‘ziga kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fikrlar