
"Roma" minimal hisobda g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa ko‘tarildi
Italiya A Seriyasi 10-turidan o‘rin olgan "Sampdoriya" - "Roma" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuv taqdirini penaltidan urilgan yagona gol hal etdi. Rimliklar sardori Lorentso Pellegrini 9-daqiqada 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Mazkur o‘yinda Eldor Shomurodov zaxirada qoldirildi.
Shu tariqa, "bo‘rilar" ochkolari sonini 22 taga etkazib olgan holda, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi "Sampdoriya" 3 ochko jamg‘argan.
Fikrlar