
“Roma” jahon chempionini olib kelyapti
“Roma” hozirda erkin agent bo‘lib turgan Mats Xummelsni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Insayder Nikola Skira ma’lum qilishicha, tomonlar 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolashadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, “bo‘rilar” futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Futbolchining yillik maoshi 2,5 million evroni tashkil qilishi aytilmoqda.
Mats Xummelsning oxirgi klubi Dortmundning “Borussiya”si edi. O‘tgan mavsumda futbolchi “arilar” bilan Chempionlar ligasi finalida “Real”ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.
Fikrlar