
“Roma” jahon chempionatida o‘ynaydigan hujumchini oladi
Joze Mourino qishki transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirishni istayapti. Uning talabiga ko‘ra, sport direktori Tyagu Pinto bir necha nomzodlarni topib qo‘ygan.
Yanvarda Rimga kelishi kutilayotgan o‘yinchilar orasida “Sampdoriya” vakili Abdulhamid Sobiriy ham bor.
25 yoshli hujumkor futbolchi Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida Marokash terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Mundialdan keyin rimliklar afrikalik o‘yinchi bilan muzokara boshlashni rejalashtirgan.
Abdulhamid nemis futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Germaniyadan tashqari, Angliya va Italiyaning bir nechta klublarida to‘p tepgan.
Uning genuyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi va transfer summasi 3 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar