
“Roma” futbolchisi xorijga ketdi
“Roma” tarpbiyalanuvchisi Rikkardo Kalafori faoliyatini xorij chempionatida davom ettirishga qaror qildi.
20 yoshli futbolchi bosh murabbiy Joze Mourino qo‘l ostidagi jamoa asosiy tarkibiga kira olmayapti. Kalafori o‘tgan mavsumni ham ijara asosida “Jenoa”da yakunlagan edi.
Sky Sport Italia nashrining xabar berishicha, Rikkardo bo‘lajak jamoasi sifatida Shveytsariyaning “Bazel” klubini tanladi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, “Roma” o‘z tarbiyalanuvchisi uchun 1,5 million evro oladi va shuningdek, Kalaforining kelajak transferining 40 foiziga egalik qiladi.
Rikkardo Shveytsariya klubi bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzadi. Tomonlar hamkorlikni yana bir mavsum uzaytirish masalasini ham hal qilib olgani aytilmoqda.
Fikrlar