"Roland Garros". Bugun Istomin tennis afsonasiga qarshi kortga chiqadi!

  • 31 may, 2021, 13:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi etakchisi Denis Istomin Frantsiya ochiq chempionatida ishtirok etmoqda.

Tecno

Saralash bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, asosiy to‘rga yo‘llanma olgan vakilimiz bugun dunyo tennisi yulduzi Rojer Federerga qarshi kortga chiqadi. Filipp Shatrie kortida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, tennischimiz avvalgi bosqichlarda germaniyalik Tobias Kamke, hindiston vakili Ramkumar Ramanatxan hamda Bosniya va Gertsegovinadan tashrif buyurgan Damir Jumxurni mag‘lubiyatga uchratgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!