
"Rolan Garros". 22 yoshli Shvyontek 3 karra chempionga aylandi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyasiga etdi.
Hal qiluvchi o‘yinda polshalik Iga Shvyontek Chexiya vakilasi Karolina Muchovaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 49 daqiqa davom etgan uchrashuv Iganing 6:2, 5:7, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, 22 yoshli raketka ustasi Frantsiya ochiq chempionatining 3 karra g‘olibasiga aylandi. U 2020 hamda 2022 yillarda ham bosh sovringa ega chiqqandi.
Fikrlar