
Rojer Federer ertaga o‘zbekistonlik tennischiga qarshi kortga chiqadi
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Parijda o‘tkazilayotgan Frantsiya ochiq chempionati – “Roland Garros-2021” musobaqasining asosiy davrasiga yo‘l oldi. Ayni paytga kelib, hamyurtimizning ushbu bosqichdagi raqibi aniq bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Istomin asosiy davrani shveytsariyalik mashhur tennischi - Rojer Federerga qarshi boshlaydi. “Katta dubulg‘a” turnirlarining 20 karra g‘olibiga qarshi kechadigan bahs ertaga Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start olishi kutilmoqda.
Istomin va Federer shu paytgacha o‘zaro 7 marta to‘qnash kelgan bo‘lib, ularning barchasida Federer g‘alaba qozongan.
Yana bir jihati, hamyurtimiz faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” turnirini 2006 yil AQSh ochiq chempionatida aynan Rojer Federerga qarshi boshlagan edi.
Manba: MOQ
Fikrlar