
Rojer Federer bu g‘alabani uzoq kutdi
Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Avstraliya Ochiq chempionatining ikkinchi davrasida serbiyalik Filip Krayinovichga qarshi kortga chiqdi.
Melburn shahrida o‘tgan mazkur uchrashuvda R.Federer raqibini 6:1, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi davraga yo‘l oldi.
Endi Rojer "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi mazkur musobaqaning to‘rtinchi bosqichida mezbonlar vakili avstraliyalik Jon Millmanga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar