Rodrigoga zo‘r klubdan ish topildi

  • 12 iyun, 10:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”dan ketish ehtimoli oshib borayotgan Rodrigo Goesning keyingi manzili Angliya Premer-Ligasi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda The Athletic nashri.

Tecno

Manbaga ko‘ra, “Arsenal” ayni paytda braziliyalik universal hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish masalasiga jiddiy e’tibor berayotgan yagona klub bo‘lib turibdi.

Avvalroq, “Liverpul” va “Manchester Siti” ham Rodrigoni nishonda ushlab turgan edi. Biroq keyingi paytda ularning qiziqishi biroz susaydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mikel Arteta braziliyalik futbolchining o‘yinini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqan va bu transferni kelasi mavsumgacha amalga oshirish zarurligini ta’kidlayapti.

“Real” mutasaddilari Rodrigo uchun 100 million evrodan boshlangan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.

Rodrigo o‘tgan mavsumda 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 13 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 10 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!