
Rodrigo "Tottenxem"ning transfer rejalarida yo‘q — Plettenberg
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo joriy yozda "Tottenxem"ning transfer rejalariga kirmaydi. Bu haqda mashhur jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, londonliklar klubi raisi Daniel Levi futbolchining narxini pasaytirishga urinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Plettenbergning xabariga ko‘ra, bu mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan 2027/28 yilgi mavsum yakunlangunigacha amal qiladigan shartnoma imzolagan. Transfermarkt portali Rodrigoni 90 million evroga baholagan.
Fikrlar