Rodrigo: "Modrich bilan o‘ynash – bolalik orzu edi"

  • 15 aprel, 16:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo jamoadoshi Luka Modrich haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi:

– Luka bilan bizda juda yaxshi munosabat bor, u har kuni menga yordam beradi.

Braziliyalik futbolchi "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi uchrashuvidan oldingi vaziyatni eslab o‘tdi:

– Bir kuni Luka menga shunday maslahat berdi: agar menda to‘p bo‘lsa, bo‘sh hududga harakat qilishim kerak, chunki u aynan o‘sha erga pas beradi. Bu mashg‘ulotlarda va o‘yinlarda u men bilan doim bo‘lishadigan mayda, ammo muhim tafsilotlardan biri edi.

Rodrigoning so‘zlariga ko‘ra, u "Real Madrid"ga kelgan kundan beri Modrich uning sevimli futbolchilaridan biri bo‘lib qolgan:

– Modrich mening sevimli futbolchilarimdan biri bo‘lgan, u bilan birga o‘ynash men uchun bolalik orzusi edi, - deya ta’rif berib o‘tdi 24 yoshli hujumchi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 17 aprel kuni Karlo Anchelotti boshchiligidagi "qirollik klubi" Londonning "Arsenal" klubi bilan kuch sinashadi. Madridliklar ilk bahsda Angliyadan 3:0 hisobida mag‘lub bo‘lib, ortga qaytishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!