
Rodri Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga javob qaytardi
Rodri Krishtianu Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga izoh berdi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, "France Football" talqiniga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.
- Krishtianu Ronalduning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlari haqida nima deya olasiz? U sizni emas, Vinisiusni ushbu mukofotga loyiq ekanini aytgandi.
- Rostini aytsam, bu ajablanarli. Sababi, ushbu mukofot qanday ishlashini va g‘olib qanday aniqlanishini u hammadan yaxshiroq biladi.
- Ovoz berishda qatnashgan jurnalistlar ushbu sovrinni olishim kerak, degan qarorga keldi.
- Aynan o‘sha jurnalistlar qachondir unga ovoz berishgan bo‘lsa kerak, menimcha. Ronaldu o‘shanda ulardan rozi bo‘lgan.
Fikrlar