Rodri: Etakchi o‘yinchilar ish tashlashga tayyor

  • 18 sentabr, 2024, 15:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yulduzi Rodri Ernandes etakchi futbolchilar uchrashuvlarning haddan ziyod ko‘pligidan ish tashlash arafasida turganini ma’lum qildi.

Tecno

Mavsum boshlanganidan beri bir necha futbolchilar futbol taqvimining tig‘izligidan shikoyat qilib kelmoqda. Bu tig‘izlik Evropa miqyosidagi xalqaro turnirlar va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati formatining o‘zgarishi ortidan vujudga keldi.

Norozilik bildirayotgan o‘yinchilar ko‘payib boryapti. Lekin ularning dardini hech kim eshitayotgani yo‘q. Shu bois, Rodri uning hamkasblari bu masala echimini ish tashlashda ko‘rayotganini aytdi.

- Futbolchilar ish tashlash yoqasida turganini tushunish qiyin emas. Har qanday o‘yinchidan so‘rang, buni tasdiqlaydi. Bu faqatgina Rodri va uning atrofidagilarning fikri emas. Futbolchilarning umumiy fikri shu. Agar shunday davom etadigan bo‘lsa, so‘nggi chorani qo‘llashga majbur bo‘lamiz.

Oldinda nima bo‘lishini bilmayman, lekin bu holat bizni bezovta qilyapti, chunki biz bu vaziyatni ziyon ko‘rayotgan yigitlarmiz, - dedi Rodri. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!