
Roberto Karlos "Real"ning murabbiylar shtabida ish boshlaydi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining murabbiylar shtabiga sobiq jamoadoshi Roberto Karlosni qo‘shib olishi mumkin.
Ok Diario nashri muharriri Eduardo Induning ma’lum qilishicha 45 yoshli braziliyalik mutaxassis yangi mavsumdan boshlab “qirollik klubi” murabbiylar shtabidan joy oladi. Bu masala allaqachon hal qilib bo‘lingan.
Eslatib o‘tamiz, Roberto Karlos ayni damda "Real Madrid kastilya"da bosh murabbiy Manolo Diasga assistentlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Roberto Karlos 1996-2007 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar