Robert Uittaker: "Xabibni hech kim to‘xtata olmaydi"

CHERY AUTO

O‘rta vaznda UFC  chempioni Robert Uittaker  engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

" Men Habibning ashaddiy muxlisiman. Halol va ajoyib kurashchi. U aqlbovar qilmaydigan harakatlar qiladi. Uning mahoratiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ha, men uning muxlisiman.

Uning menga eng yoqadigan jihati shundaki, u to‘g‘riso‘zli inson va shunday harakterga ega. U meni doim hayratlantiradi. Shuning uchun hurmat qilaman. U har doim o‘ylaganini gapiradi.

Hamma uni qafasda nima qilishni biladi. Ammo Xabibni xech kim to‘xtata olmaydi. Menimcha, bu juda ajoyib ”,-dedi Uittaker.

Eslatib o‘tamiz: Bizning vaqt bilan erta tongda Melburnda  UFC 243 turniri doirasida Uittaker Isroil Adesanyaga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!