Robben kelajakdagi faoliyati haqida nimalar dedi?
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Aren Robben myunxen klubini tark etganidan so‘ng faoliyatini futbolchi sifatida davom ettirishi haqida aytib o‘tdi.
- Tan olish lozim, faoliyatimni davom ettirishni xohlayman, biroq jarohat tufayli 5 oy yo‘qotishni ham istamayman. Men yana 4-5 yil to‘p tepishga tayyorman, albatta, jarohatlardan forig‘ bo‘lgan holda.
Eslatib o‘tmoqchimanki, men butun umrim davomida turnirlarda g‘alaba qozonish uchun harakat qilganman. Shu sababdan ham 6-8 o‘rinlar uchun kurashadigan jamoada to‘p tepa olamanmi yo‘qmi bilmayman, - deya Robbenning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kicker nashri.
Eslatib o‘tamiz, Robben faoliyatini "Benfika"da davom ettirishi haqida xabar bergandik.



Fikrlar