Rivaldo: "Oltin to‘p"ni bekor qilib to‘g‘ri qilishdi, ammo Levandovski Ronaldu va Messiga jiddiy raqobat ko‘rsatishi mumkin edi

  • 24 iyul, 2020, 08:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbol afsonasi Rivaldo bu yil “Oltin to‘p” sovrinining bekor qilingani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Oltin to‘p”ni bu mavsum topshirilmagani to‘g‘ri bo‘ldi. Evropa ligalarida mavsum g‘alati o‘tdi – ko‘plab uchrashuvlar muxlislarsiz bo‘ldi, ayrim futbolchilar, masalan Frantsiya chempionatidagilar muddatidan avval mavsumni yakunlashdi.

Ayrim futbolchilar bu qarordan ranjigan bo‘lishi mumkin va “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski ulardan biri. Polshalik forvard shunchaki ajoyib. “Bavariya” o‘zining 8-sovrinini qo‘lga kiritdi va Chempionlar ligasida kurashni davom ettirmoqda. Shunday ekan, u “Oltin to‘p” masalasida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messiga jiddiy qarshilik ko‘rsatishi mumkin edi.

Faoliyatlari nihoyalanib borayotganini inobatga olganda, Ronaldu va Messi uchun yana bir “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati qo‘ldan chiqdi. Ammo, sovrin bekor qilinib, to‘g‘ri qilindi”, - deydi Rivaldo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!