Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlanadi
Ertaga, 26 iyun kuni futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Marosim OFKning Kuala-Lumpur shahridagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 12:00da start oladi. Unda O‘zbekiston futzal federatsiyasi vakillari ham ishtirok etadilar.
O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Tailand, Yaponiya, Vetnam, Afg‘oniston, Kuvayt va Iroq termalari bilan 1-savatdan o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, turnir joriy yilning 16 - 24-sentyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash bosqichida 30 ta jamoa ishtirok etadi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati



Fikrlar