Risharlison super gol urgan o‘yinda Braziliya Serbiya ustidan g‘alaba qozondi

  • 25 noyabr, 2022, 01:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati 1-turi doirasidagi so‘nggi bahsda Braziliya Serbiyaga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va turning, ehtimol musobaqaning eng chiroyli goli kiritilgan bahsda "pentakampeonlar" ishonchli hisobda g‘alaba qozondi - 2:0.

Tecno

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan keskin hujumlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ham to‘pni ko‘proq nazorat qilishga urunib, raqib darvozasi oldidan bir qancha xavfli vaziyatlar hosil qildi. Biroq uchrashuvning ilk bo‘limida muxlislar gol ko‘rishmadi.

Ikkinchi taym biroz janubiy amerikaliklar ustunligi ostida boshlandi va buni 63-daqiqaga kelib tablodagi natija evaziga ham isbotlab qo‘ydi. Vinisius chap qanotdan darvoza tomon zarba yo‘lladi, biroq serblar posboni to‘pni qaytarib yubordi va qaytgan to‘p Risharlisonga kelib tushdi. "Tottenxem" hujumchisi esa ochiq qolgan darvozaga zarba yo‘llagan holda o‘yindagi hisobni ochdi - 1:0.

Oradan biroz vaqt o‘tib, aniqrog‘i 74-daqiqada Risharlison yana katta sahnaga chiqdi. U Vinisiusning ajoyib uzatmasidan keyin to‘pni o‘ziga ajoyib tarzda to‘g‘rilab oldi va chalqancha usulda Serbiya darvozasiga super gol kiritdi - 2:0

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida o‘tdi, ammo har ikki jamoa ham boshqa gol urishni uddalay olmadi. Shu tariqa, Braziliya birinchi turdan keyin 3 ochko to‘plagan holda o‘z guruhida etakchiga aylanib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!