Rio Olimpiadasi chempioni professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazadi

  • 29 iyul, 2020, 23:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

2016 yilgi Rio Olimpiadasining og‘ir vazn toifasidagi oltin medal sohibi Toni Yoka (7-0, 6 KO) professinal boksdagi navbatdagi jangini 25 sentyabr kuni Frantsiya poytaxti Parijda tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Yokaga o‘sha kuni Yoxann Duxaupas (38-5, 25 KO) raqiblik qiladi.

Tecno

Yoka bir yillik tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytmoqda. U o‘zining  oxirgi jangini  2019 yil sentyabr oyida o‘tkazib, 3-raundda Maykl Uollishni nokautga uchratgandi.

Frantsiyalik bokschi faoliyatini yanada rivojlantirish uchun menejer Jeyms Prens bilan shartnoma imzoladi va keyinchalik  «Top Rank” bilan qo‘shma  hamkorlik borasida kelishuvga erishgan.

Boxingscene.com sayti xabar berishicha, Yoka o‘zining «Top Rank”dagi debyutini mart oyida o‘tkazishi kerak edi. Biroq, jang koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!